Ronaldu 38 yoshgacha to'p tepishi mumkin
01 jan 2020 23:25
Yangiliklar


Ronaldu 38 yoshgacha to'p tepishi mumkin
Turinning "Yuventus" klubi jamoa hujumchisi Krishtianu Ronaldu bilan yangi shartnoma tuzishga tayyor.
"Corriere dello Sport" nashri xabariga ko'ra, "Globe Soccer Awards" mukofotining taqdirlash marosimida portugaliyalik forvardning agenti J.Mendesh Turin klubi mutasaddilari bilan muzokara o'tkazgan.
Manbaning xabariga ko'ra, tomonlar o'zaro hamkorlikni 2023 yilning yoziga qadar davom ettirishni muhokama qilishgan. Ronalduning maoshi deyarli o'zgarmaydi (yiliga 35 mln evro atrofida). Takidlash lozimki, Ronaldu 2022/23 yilgi mavsum so'ngida 38 yoshni qarshilagan bo'ladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar