Ronaldu 12 yil ichida ilk marta mavsumni sovrinsiz yakunlashi mumkin
16 mar 2022 19:49
Yangiliklar
Ronaldu 12 yil ichida ilk marta mavsumni sovrinsiz yakunlashi mumkin
"Manchester Yunayted"ning portugaliyalik hujumchisi Krishtianu Ronaldu 2010 yildan buyon ilk bor birorta turnirda g'alaba qozonmasdan mavsumni yakunlashi mumkin.
Ilgari "Oltin to'p"ning besh karra sohibi bilan bu hodisa bir marta, 2010 yilda uning "Real Madrid"dagi birinchi mavsumida sodir bo'lgandi.
"Qizil iblislar" joriy mavsumda CHempionlar ligasi, Angliya kubogi va liga kubogidagi ishtirokini yakunlab bo'ldi. "Manchester Yunayted" APL turnir jadvalida peshqadam "Manchester Siti"dan 20 ochko ortda qolmoqda.
37 yoshli portugaliyalik futbolchi faoliyati davomida jamoaviy miqyosda 30 marta chempion bo'lgan va terma jamoa bilan ikkita sovrinni qo'lga kiritgan.
Fikrlar