Ronaldo: "Mbappe menga eng yaxshi yillarimni eslatmoqda"
26 dek 2022 11:29
Yangiliklar


Ronaldo: "Mbappe menga eng yaxshi yillarimni eslatmoqda"
Braziliya termasi sobiq futbolchisi Ronaldo Franciya termasi hujumchisi Kilian Mbappening JCH-2022dagi o'yini haqida fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"U birinchi o'yindan to finalgacha JCHni ajoyib o'tkazdi. Finalda u g'ayrioddiy edi. Texnik jihatdan Mbappe eng zo'ri, uni deyarli to'xtatib bo'lmaydi. Kilianni Jahon chempionatining eng yaxshi futbolchisi deb atash mumkin edi, chunki u bunga to'la loyiq.
Bu mundialda tezkor o'yinchilar ko'p bo'ldi, lekin Mbappe eng tezkori edi. U menga eng yaxshi yillarimni eslatmoqda. Kichkina bo'shliqdan qanday foydalanishni biladi, to'p bilan o'ynashda oldindan aytib bo'lmaydigan ishlarni bajaradi, to'psiz ham yaxshi harakat qiladi. Men undan hayratdaman".
O’xshash yangiliklar

Fikrlar