Ronaldo: "Barselona"da bo'lganimda Messini qo'yib yubormasdim"
23 avg 2020 14:24
Yangiliklar
Ronaldo: "Barselona"da bo'lganimda Messini qo'yib yubormasdim"
O'tmishning mashhur futbolchilaridan biri bo'lgan Ronaldo hujumchi Leo Messining "Barselona"dagi holati haqida gapirdi.
"Evropa klublaridagi moliyaviy inqirozlar sababli Messining ketish imkoniyatlarini juda past baholayman. Messi - jamoaning mayog'i, barcha futbolchilar unga qaragan holda o'ynashadi. Klubda ishlaganimda uning ketishiga qo'yib bermasdim.
Messining "Barselona" bilan munosabatlari yaxshi. U klubni yomon ko'rib qolishi mumkin emas. Albatta, ECHLdagi mag'lubiyatdan keyin barcha hafa bo'lib yuribdi. Bu vaqtinchalik holat.
Messiga yaxshi sherik kerak. "Barselona"dagilar unga yaxshi sherik olib kelsa, barchasi yaxshi bo'lib ketadi. Messining ketishi juda qiyin ish", - dedi Ronaldo.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Бу ер Роналду Арабистони эмас". Саудиялик таниқли журналист Криштиануни танқид қилди
"Реал" собиқ футболчиси Мессини дунёнинг энг яхши футболчиси, Роналдуни эса иккинчи рақам деб атади
"Негрейра иши": Бош айбланувчи хотирасини йўқотмоқдами?
Туркия Кубоги. Файзуллаев ва Шомуродов гол урган баҳсда "Башакшеҳир" йирик ғалабага эришди
Fikrlar