So’nggi yangiliklar

01:40Каземиро: "Анчелотти МЮга ўтаётганимни билиб, йиғлаб юборганди"   0 01:30А Серия. Шомуродов ва "Кальяри" "Ювентус" устидан ғалаба қозонишмоқда (онлайн ҳисоб)  36 01:15U-23 Осиё кубоги. Ироқ Тожикистонни ишончли тарзда мағлуб қилди  0 00:58Начо "Реал"га мавсум охирида жамоадан кетишини маълум қилди  4 00:40Ўзбекистон Қувайтга қарши ўйинда тўлиқ оқ либосда ҳаракат қилади  2 00:37Виталий Левченко: "Биз учун чемпионат ёки кубок учрашуви фарқланмайди"  0 00:25Иван Бошкович: "Ғалаба осонликча келмаслигини бугунги ўйин ҳам кўрсатиб берди"  0 00:10"Жиззах" бош мураббийи: "Таркибимиз фақат маҳаллий футболчилардан иборат экани мени хурсанд қилади"  1 00:05Футзал бўйича Осиё Кубоги. Ироқ - Ўзбекистон 1:4   0 00:00Саидазамат Мирсаидов: "Рақиб ким бўлишидан қатъий назар, ҳар бир учрашувда ғалаба қозонишни мақсад қилганмиз"  0 23:45Ўзбекистон олимпия терма жамоасининг бугунги машғулоти. Эртанги рақиб - Қувайт  1 23:29Ўзбекистон U-23. Навбатдаги машғулот қандай ўтди? Мирсаидов ва Одиловдан интервью  0 23:23U-23 Осиё Кубоги. Саудия Арабистони Таиландга бешта гол урди, Япония БААга имконият қолдирмади  1 22:52Элдор Шомуродов "Ювентус"га қарши ўйинни асосий таркибда бошлайди!  26 22:47Абдуқодир Ҳусанов эртага ўтказиладиган "Ланс" – "Клермон" учрашуви қайдномасига киритилди  1

Ronaldino - braziliyalik daho futbolchining g'alati hayoti Yangiliklar

Ronaldino - braziliyalik daho futbolchining g'alati hayoti

Millionlab futbol muxlislari birdek yaxshi ko'rgan Ronaldino bugun akasi tufayli bir qator muammolarga duch kelgan.

Paragvayda bo'lib o'tgan Kopa Amerika-1999da Venesuela darvozasiga urgan aqlbovar qilmas goli 18 yoshli Ronaldinoning omad kartasi bo'ldi. Oradan bir yil o'tib, braziliyalik o'yinchi PSJ klubi bilan sirli kelishuvga erishadi va ko'p o'tmay Evropani zabt etish uchun yo'l oladi.

Keyin esa Angliya darvozasiga urgan ajoyib goli, "Santyago Bernabeu"dagi olqishlar, "Oltin to'p" va o'nlab markali saqichlar hamda hali ham siz-u bizni lol qoldiradigan qoyilmaqom fintlar. Ronaldino doim kutilmagan voqealarga duch kelib yuradi. U faoliyati davomida o'ziga qarshi harakat qilayotgan raqiblarini uddaburonlik bilan aldab, quruq qo'l bilan qoldirardi. Ammo soliq va huquqni muhofaza qilish idoralari xodimlariga uning ayyorliklari o'tmadi.

Mart oyi boshlarida Ronaldino nochor oilalardagi bolalarni himoya qilish xayriyasida qatnashish uchun Paragvayga bordi, ammo tinimsiz olqishlar o'rniga qo'llariga osilgan kishan tovushini eshitdi. Asunson policiya xodimlarining so'zlariga qaraganda, braziliyalik o'z akasi va agenti bo'lmish Roberto bilan soxta Paragvay pasportlari bilan chegaradan o'tishgan. Bu hujjatlarni ularga paragvaylik tadbirkor ayol Daliya Lopes bergan emish, aynan u aka-ukani u erga taklif qilgandi. Etiborlisi shundaki, braziliyaliklar oddiygina ID-kartalarini ko'rsatgan holda qonuniy yo'l bilan ham mamlakatga kirishlari mumkin edi, biroq ular bu haqda bilishmagan. 

Ronaldino va Roberto olti oy davomida izolyaciya xonasida bo'ladilar, bu vaqt tugagunga qadar esa Daliya Lopes muddatni panjara ortida o'tkazadi. Mashhur futbolchi tushkunlikka tushmadi — bir necha kun o'tib, qamoqdagi futzal turnirida g'olib chiqdi. Final uchrashuvida Ronaldino jamoasi 11:2 hisobda g'alabaga erishdi, futbolchi esa 11ta golning barchasida yordam berdi (5ta gol, 6ta golli uzatma). G'olib bo'lgan jamoaga mukofot sifatida 16 kilogrammli dudlangan cho'chqa berildi.

Agar tishlarini to'g'rilatganini hisobga olmasak, braziliyalik fenomen faoliyatini yakunlagandan buyon deyarli o'zgarmagan. Xuddi avvalgidek hayotdan zavq olib yashashga harakat qildi: bazm va karnavallar, chiroyli ayollar, yaxshi ichimlik hamda har qanday vaziyatda ham futbol. Ron televizorda ham tez-tez ko'rinish berib turardi: turli mahsulot va xizmatlarni reklama qiladi. Lekin shunga qaramay, 2018 yil shaxsiy hisobida atigi 6 evro qolgani ajablanarli...

Bunga sabab futbolchi pullariga unchalik ham etibor bermagani va faoliyati boshidan uning ishlarini hal qilib yurgan akasiga butkul ishongani edi. Roberto ukasining kartasidan to'liq foydalana olgan va ularni o'z xohishiga ko'ra sarflab yurgan. O'yinchining akasi bir qancha firibgarliklar qilishda ayblanib, 2012 yil 5 yilga shartli ravishda jazolangan. 2003-2004 yillarda Robertoning hisobiga Italiyadan 850 ming dollar pul o'tkazmasi amalga oshirilgan. Ammo u Braziliya Markaziy bankidan buni yashirgan, sud esa bu ishni fosh etib, isbotlab berdi. Bundan tashqari, Roberto SHveycariya bankida ham o'z hisob raqamiga ega bo'lgan va soliq xizmatiga bu haqda aytmagan.

Firibgarlik uchun jarima braziliyaliklar eng kam ish haqining 45 barobarida deb belgilangan va bu pullarni akasi uchun Ronaldino to'lagan. SHu o'rinda, u Robertoning yana bir shubhali taklifiga rozi bo'ladi. Ronni tug'ilgan shahri Portu-Alegrida futbol akademiyasi qurish uchun maydon izlaydi. Akasi esa uni noqonuniy ravishda shahar chetidagi o'rmonni kesishga ko'ndiradi. Oradan yarim yil o'tib, ularning bu qing'ir ishi fosh etildi va Ronaldino 500 ming dollar miqdorida jarimaga tortildi. Ammo u to'lashdan bosh tortadi. Biroq hokimiyat uning 3ta lyuks mashinalari va rassom Andre Berardo tomonidan chizilgan narxi 150 ming dollar bo'lgan suratni garov sifatida musodara qilib yuboradi.




Ronaldino qobiliyat va salohiyat tomondan Ronaldu yoki Messidan kam emasdi, biroq turli loyihalarni amalga oshirishda unga tijoriy bilim, aql va ehtiyotkorlik etishmadi. U yurtiga qaytganidan so'ng kutilmaganda Coca-Cola bilan yiliga 750 ming dollarga tuzgan shartnomasi matbuot anjumaniga qo'lida ikkita Pepsi ni ko'targan holda kirib qoladi. SHartnoma darhol bekor qilinadi.

"Eng katta axmoqlik — bir ishni qayta-qayta bajarish, lekin turli xil natija kutishdir", — degan edi Albert Eynshteyn. Noqonuniy ravishda futbol akademiyasini qurish bilan bo'lgan mojaro aka-uka Moreyralarga tasir qilmagan chog'i. Sababi 2014 yil ular yana bir shunday ishga qo'l urishdi. Ronaldino Portu-Alegridagi Guaiba ko'li atrofida baliq ovlash va qamishni qayta ishlash zavodlari qurish taqiqlanganligiga etibor bermadi. Ushbu ko'l qo'riqxona hisoblanardi, shuning uchun omadsiz ishbilarmonning oldiga tez orada policiya xodimlari keldi.

Aka-ukalar 2 yil mobaynida 200 ming dollar to'lashni cho'zib yurishdi, 2019 yil sentyabriga kelib bu summa 1,5 mln dollarga etdi. Hokimiyat Ronaldino va Robertoning chet elga chiqish pasportlarini olib, Braziliyadan chiqib ketishni taqiqlab qo'ydi hamda 2005/06 CHempionlar Ligasi g'olibiga tegishli 52ta ko'chmas mulkni toptib oldi. O'tgan yilning kuzida futbolchi Riodagi bir nechta kvartiralarini sotib yubordi, jarimalarini to'ladi va degan edi: "Endi mening maqsadim — xalqaro obro'imni tiklash". Ammo...

21 mart kuni Ronaldino 40 yoshga to'ldi — bu yoshda ko'pchilik erkaklar erishgan yutuqlariga qarab, yanada yuqori cho'qqiga chiqishga intilishadi. Braziliyalik o'z vaqtida stadionlarni larzaga keltirdi, jahon miqyosidagi futbolchi maqomiga ega bo'ldi, ammo endi Garrinchining izidan ketmoqda (afsonaviy braziliyalik o'yinchi qashshoqlikda vafot etgan). Ronni bunday vaziyatga tushib qolmaslik uchun bir qarorga kelishi va qilgan xatolaridan to'g'ri xulosa chiqarishi lozim.


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика