Romeu "CHelsi"ni tark etmoqchi
06 apr 2015 17:43
Yangiliklar
Romeu "CHelsi"ni tark etmoqchi
"SHtutgart" yarim himoyachisi, transfer huquqi "CHelsi"ga tegishli bo'lgan Oriol Romeu yozda "ko'klar" safini tark etmoqchi.
23 yoshli futbolchining hisoblashicha, u Mourinoning o'yin uslubiga to'g'ri kelmaydi. U 2011 yilda "Barselona"dan "CHelsi"ga o'tganidan so'ng, londonliklar safida 15 marta maydonda tushgan.
"Iyunda "CHelsi" rahbariyati bilan uchrashib, ularning rejalari haqida bilib olmoqchiman. Ikki mavsum ijaradan so'ng, o'z jamoamni topishni xohlayman" - deydi futbolchi.
Fikrlar