Romero: "Messi - futbol qiroli. U dunyoning eng zo'r o'yinchisi, uning jamoadoshi bo'lish - g'urur"
27 okt 2021 09:48
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/665589_original.jpg)
![](/upload/storage/665589_220.jpg)
Romero: "Messi - futbol qiroli. U dunyoning eng zo'r o'yinchisi, uning jamoadoshi bo'lish - g'urur"
"Tottenxem" va Argentina terma jamoasi himoyachisi Kristian Romero PSJ forvardi Lionel Messi haqida gapirdi.
"Terma jamoa bilan sovrin yutish - men uchun asosiysi va o'tgan yozda Amerika Kubogidagi g'alaba faoliyatimdagi eng yorqin voqea bo'ldi. Menga mamlakatim uchun o'ynash yoqadi, Messi bilan yonma-yon o'ynash esa o'ziga xos zavq.
Men uni faqat futbolchi sifatida bilaman, ammo u haqiqiy futbol qiroli. Men uchun uning sherigi va vatandoshi bo'lish g'urur. Doim yoshlarga yordam beradi, u juda kamtar va o'zini tutib olgan aqlli yigit.
Men uni dunyoning eng zo'r o'yinchisi deb hisoblayman, u bilan o'ynash doimo ajoyib", - deydi Romero.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar