Romelu Lukaku: “Ronaldo va Adriano tufayli bolaligimda “Inter”ga muxlis edim”
04 apr 2020 00:54
Yangiliklar


Romelu Lukaku: “Ronaldo va Adriano tufayli bolaligimda “Inter”ga muxlis edim”
“Inter” forvardi Romelu Lukaku bolaligida qaysi jamoaga muxlislik qilganligi haqida gapirdi.
“Bolaligimda “Inter” Italiyadagi sevimli jamoam edi. CHunki bu jamoada Ronaldo va Adriano to'p tepardi. “Inter” safida to'p tepish orzuyim bo'lgan.
Men olti yoki etti yoshligimda bu jamoada Ronaldo to'p tepardi. 1998 yilda futbol haqida ilk qiziqishlarim uyg'ongan. UEFA kubogi finali, jahon chempionati, so'ngra braziliyalik futbolchining jarohati....
U ikki yilni maydon tashqarisida o'tkazib, 2002 yil safga qaytdi. Ammo jamoasini o'zgartirib, “Real”ga o'tgandi”, deya bolalikdagi xotiralarin yodga oldi Lukaku.
O’xshash yangiliklar
23:14
Nani Portugaliya haqida: "Ronaldu 90 daqiqa o'ynashi shart emas, bazan 10-20 daqiqa kifoya" 12

Fikrlar