Romario Blatterni o'g'ri va poraxo'r deb atadi
13 mar 2014 14:38
Yangiliklar


Romario Blatterni o'g'ri va poraxo'r deb atadi
Braziliya terma jamoasi sobiq hujumchisi, 1994 yilgi jahon chempioni Romario FIFA prezidenti Yozef Blatter va bosh kotib Jerom Valkeni qattiq tanqid qildi.
"Biz jahon chempionatining tashkiliy ishlariga juda katta pul ajratdik. Aql bovar qilmaydigan darajada. Borgan sari ko'proq sarf etishga to'g'ri kelyapti. Aslida Valke – jahon futboli tarixidagi eng katta qalloblardan biri.
FIFA prezidenti Yozef Blatter bilan birgalikda ular "shantaj" bilan mashg'ul bo'lishni yoqtirishadi. Blatterning o'zi esa – o'g'ri, poraxo'r va iflos. Meni kechirasizlar-u, lekin rost gap mana shu. Valke xatto Braziliyadagi chempionat mundiallar tarixidagi eng yomoni bo'ladi deb ham aytdi.U bizning mamlakatimizga kelib, mana shunday gaplarni gapirib ketyapti. Lekin hamma unga qarsak chalib o'tiribdi - hammasi ajoyib xullas!", – deya Romario so'zlaridan "Samba Foot" iqtibos keltirmoqda.

Fikrlar