So’nggi yangiliklar

10:50"Наполи" Лукакунинг жароҳати сабабли АПЛдан ҳужумчи олиб келмоқчи  0 10:21Скалони сентябрдаги ўйинлар учун кимларни терма жамоага чақирди  0 09:44"Наполи" етакчиларидан бирининг жароҳати жиддий бўлиб чиқди  0 08:42"Барселона" жиддий қизиққан яна бир футболчи амалдаги жамоаси билан янги шартнома имзолади  1 08:11"Манчестер Сити" ҳимоячиси фаолиятини Туркияда давом эттириши мумкин  1 07:40Пролига. Бугун марказий учрашув бўлиб ўтади  2 07:15Суперлига. "Хоразм" — "Қизилқум" 0:1  0 00:51Қосимов фаолиятини Ироқда давом эттиради  4 00:30"Манчестер Сити" Родриго харидидан воз кечди, жамоа ўз вингерини сақлаб қолади  1 23:40Санчо "Рома"га ўтишни хоҳламаяпти, аммо римликлар уни кўндиришга уриниб кўради  0 23:13Ҳаким Фузайлов: "Хоразм"ни Суперлигада олиб қолишга ҳаракат қиламиз, бошқа йўлимиз ҳам йўқ"  10 22:59"Тоттенхэм" 60 млн. фунтлик трансферга яқин турибди  0 22:27Стримернинг онасини сўккан Россия терма жамоаси собиқ футболчиси аёлнинг ўзидан кечирим сўради  2 22:11Акмал Рустамов: "Суперлигада ўйинлар орасида вақт кам. Бир кунни йўлга сарфлаяпмиз, икки кун сунъий майдонда машғулот қилдик"  2 21:58Алонсо "Реал"нинг ўйинини кўчиришни рад этишгани ҳақида: "Футболчилар соғлиғи учун бизни қўллаб-қувватлашларини хоҳлардик"  10

Roman Vaydenfeller: "Bundesligada 300ta o'yin o'tkazish ulkan sharaf" Yangiliklar

Roman Vaydenfeller: "Bundesligada 300ta o'yin o'tkazish ulkan sharaf"

Roman Vaydenfeller "SHtutgart" bilan o'yinda o'zining Bundesligadagi 300-o'yinini o'tkazdi.
Endi 2ta turdan keyin "Borussiya" faxriy darvozaboni nemis elitasining o'yinlari bo'yicha Lars Rikkenni (301 o'yin) ortda qoldirib 4-o'rinni egallashi mumkin. Lekin kechagi o'yin Vaydenfeller uchun muhim ahamiyatga ega, axir bunday yubiley faoliyatda bir marta bo'ladi.

- Bu Bundesligadagi 300-o'yining bo'ldi. Bu ulkan sharaf shundaymi?
- Ha bu ulkan sharaf. Ayniqsa deyarli barcha o'yinlarimni shunday buyuk jamoa Borussiya Dortmundda o'tkazganim. Muhlislar va jamoa rahbarlari menga ishonch bildirishmoqda, shu qatori yaqinda yangi shartnoma imzolagan murabbiyimiz ham. Bundan ortiq ajoyibot yo'q!

- Endi shunga ko'nikish kerakki siz haqiqatdan ham uy uchrashuvlarida raqiblarni sindirmoqdasiz?
- Biz har safar yaxshi o'yin o'tkazish uchun shiddat bilan ishlaymiz. Lekin har doim ham bunday chiqishimiz bilan bu yurda bunday ishonchli g'alaba qozonib bo'lmaydi. Biz uchun uy uchrashuvlarida g'alaba qozonish juda muhim.

- Bugungi o'yin sen uchun qanday bo'ldi?
- Biz birinchi bo'limda ikkinchi bo'limdagidek etibor bilan o'ynay olmadik. Biz vaqt o'tgan sari SHtutgartga imkon qoldirmadik va xavfni shakllantirib bordik. Ikkinchi bo'limda esa biz kutilganidan ham yaxshi o'ynadik. Biz paslarni yaxshi oshirdik, kuchli hujumlar qildik va o'z imkoniyatlarimizdan unumli foydalana oldik.

Bizning jamoada faqat katta potencialga ega ajoyib o'yinchilar bor. Bizda hamma imkoniyatlar bor, lekin vaqt o'tgani sayin biz o'yinni yuqori darajada ushlab turish uchun bir-birimizga yanada ko'proq yordam berishimiz kerak, xattoki o'yin taqdiri hal bo'lgan paytda ham.

- Tanaffus oldidan bo'lgan vaziyat penaltiga tortarmidi?
- Meni o'ylashimcha penalti bo'lmagandi. SHuningdek men hakamlar brigadasini ham mamnuniyat bilan aytishni xohlardim, axir bu eng etiborli vaziyat edi. Keyin hakamlar ichki muxokamadan keyin yaxshi qaror qabul qilishdi va bu to'g'ri qaror edi.

- Sen vaziyatga oydinlik kirita olasanmi?
- Hamma o'yinda tez-tez bo'lib turgani kabi Verner bu vaziyatda yiqildi, bu yaqqol qoida buzish emas edi. Umuman olganda bu mavzu men uchun yopilib bo'ldi, hakam to'g'ri qarorga keldi.

- "Arsenal" bilan o'yin haqida:
- Bu boshqa turnir. Bularni bir-biriga solishtirmaslik kerak. O'ylashimcha biz ajoyib o'yin o'tkazdik, lekin Arsenal yuqori darajali jamoa ekanligini bilamiz. Biz ularni Londonda yutdik. Endi ular ham bizga qarshi zarba berishni xohlashadi, lekin biz ham kuchli o'yin ko'rsatib CHempionlar Ligasida o'z uyimizda g'alaba qozonishga harakat qilamiz.

Ruschadan Javlonbek Yusupov tarjimasi
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика