Roman Abramovich La Liga klubini sotib olmoqchi
11 apr 2022 02:30
Yangiliklar
Roman Abramovich La Liga klubini sotib olmoqchi
"CHelsi"ning rossiyalik xo'jayini Roman Abramovich Ispaniyaning "Valensiya" klubini sotib olmoqchi.
Manbaning xabariga ko'ra, "ko'rshapalaklar"ning hozirgi egasi Piter Lim klubni sotmoqchi va tez orada buni elon qilishi mumkin. Qayd etilishicha, Abramovich "CHelsi" sotilgandan keyin "Valensiya"ni qo'lga kiritmoqchi.
Eslatib o'tamiz, 26 fevral kuni Abramovich klub boshqaruvini "CHelsi" xayriya jamg'armasi vasiylariga topshirgan edi. 2 mart kuni u klubni sotish niyatida ekanligini malum qildi. Rossiyalik tadbirkor "aristokratlar"ni sotishdan 4 milliard funt sterling (4,84 milliard evro) daromad olmoqchi. 10 mart kuni Buyuk Britaniya hukumati Abramovichga qarshi sankciyalar kiritdi. Rossiyalik tadbirkorning aktivlari, jumladan, futbol klubi ushbu doira sirasiga kiradi.
Fikrlar