"Roma" Zanolo bilan shartnomani uzaytirmoqchi
02 iyu 2019 18:25
Yangiliklar


"Roma" Zanolo bilan shartnomani uzaytirmoqchi
"Roma" Nikolo Zanoloning agenti bilan shartnomani uzaytirish borasida muzokaralarni boshlab yuborgan.
Bugun rimliklar sport direktori Janluka Petrachi va o'yinchining vakili Klaudio Vigorelli o'rtasida uchrashuv bo'lishi kutilmoqda.
20 yoshli italiyalik futbolchi hozirda o'z tug'ilgan kunini nishonlash maqsadida Greciyaga tashrif buyurgan, ammo yaqin kunlarda "Roma"ning mavsumoldi mashg'ulotlari boshlanadi.
Eslatib o'tamiz, Zanolo "Roma"ga o'tgan yilda "Inter" safidan kelib qo'shilgan edi.
Futbolchi yakunlangan mavsum barcha turnirlarda 33ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol va 2ta assistga erishgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar