"Roma" "Yuventus" o'yinchisini ijaraga oladi
13 avg 2019 15:03
Yangiliklar


"Roma" "Yuventus" o'yinchisini ijaraga oladi
"Yuventus" himoyachisi Daniele Rugani ijara asosida "Roma"ga o'tishga yaqin.
Klublar o'zaro bir qarorga kelishdi, endilikda "Roma" futbolchi bilan shaxsiy shartnoma shartlari bo'yicha kelishib oladi.
Futbolchi "Roma"da yiliga 3 million evrodan kam maosh olmaydi.
Rimliklar Ruganini bir yilga 5 million evro evaziga ijaraga oladi. SHartnomada uni 25 million evroga sotib olish majburiyati ham bor.
Eslatib o'tamiz, Rugani faoliyatini "Empoli" klubida boshlagan. Turin klubi uni 2015 yilda xarid qilgan edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar