“Roma” xavbeki Avstraliya TJ safida JCH-2022'da qatnashishdan voz kechdi
09 noy 2022 09:15
Yangiliklar


“Roma” xavbeki Avstraliya TJ safida JCH-2022'da qatnashishdan voz kechdi
Bu haqda "Football Italia" xabar bermoqda.
Unga ko'ra, “Roma” yarim himoyachisi Kristian Volpato Avstraliya termasi bilan Qatardagi mundialda ishtirok etish imkoniyatini qo'ldan chiqardi.
2 ta fuqaroligi bo'lgan (Italiya bilan birga) 18 yoshli xavbek Avstraliya TJ chaqiruvini qabul qilmadi va kelajakda “Skuadra Azzurra”da faoliyatini davom ettirishni xohladi.
Eslatib o'tamiz, Roberto Manchini shogirdlari pley-offda SH.Makedoniya to'sig'idan o'ta olmadi. Avstraliyaga esa jahon chempionati guruh bosqichida Franciya, Daniya va Tunis raqiblik qiladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar