"Roma" "Real"ning sobiq futbolchisiga qiziqib qoldi
23 mar 2020 00:41
Yangiliklar
Ayni vaqtda "Valensiya" sharafini himoya qilayotgan Esekel Garay faoliyatini "Roma"da davom ettirishi mumkin. Bu haqida "Corriere dello Sport" nashri xabar tarqatyapti. Rim klubi rahbariyati argentinalik himoyachining jamoa mujofaa chizig'iga etishmayotgan barqarorlikni taminlay olishiga ishonadi.
Xabaringiz bor, yaqinda Garayda ham koronavirus alomatlari aniqlangani haqida xabar qilgandik.
“Valensiya”da Garay bilan birga klubning yana 4 azosi koronavirusga chalingan
Joriy mavsum 23 o'yinda maydonga tushgan futbolchi 2009-2011 yillarda Madridning "Real" klubida faoliyat olib borgan edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar