"Roma" New Balance mijoziga aylanishi mumkin
26 dek 2020 22:49
Yangiliklar


"Roma" New Balance mijoziga aylanishi mumkin
"Roma" Nike bilan 2024 yilgacha tuzilgan shartnomani bekor qildi, klub kompaniyadan bir mavsum uchun kamida 4 million evro olardi.
Kelishuvda CHempionlar Ligasida qatnashmagani sababli rimliklarga qarshi jarimalar ko'zda tutilgan edi. "Bo'rilar" o'tgan mavsumda Evropa Ligasida o'ynashdi, bu yil esa – musobaqaning 1/16 finaliga chiqishdi.
Klub yangi texnik homiy bilan shartnoma tuzmoqchi va New Balance bilan muzokaralar olib bormoqda, deb xabar bermoqda Corriere dello Sport.
Amerika kompaniyasi "Roma"ga 4 million evro, forma va atributlar savdosidan tushgan mablag'ning katta qismini to'lashga tayyor.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar