"Roma"ni argentinalik mutaxassis boshqarishi mumkin. Bu Pochettino emas
19 may 2019 20:40
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/496526_original.jpg)
![](/upload/storage/496526_220.jpg)
"Roma"ni argentinalik mutaxassis boshqarishi mumkin. Bu Pochettino emas
Rimning "Roma" jamoasi "Lids Yunayted" bosh murabbiyi Marselo Belsaga qiziqish bildirmoqda.
Bu haqda Football Italia nashri malumot berdi. Manbada keltirilishicha, argentinalik mutaxassis mavsum yakunida o'z kursisini tark etadigan Klaudio Ranerining o'rniga mos keladi.
Joriy mavsum Belsa boshqaruvidagi "Lids Yunayted" CHempionshipda 3-o'rinni egalladi, ammo APLga yo'l olishni uddalay olmadi. Jamoa o'tish o'yinining yarim finalida "Derbi Kaunti" (1:0, 2:4)dan o'ta olmadi.
63 yoshli Belsa avvalroq A Seriyada ishlagan. U 2016 yilda "Lacio" bilan shartnoma imzolagan, ammo oradan ikki kun o'tib jamoada ishlashni bekor qilgandi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar