"Roma" Joze Mourino o'rniga Antonio Konteni taklif qilmoqchi
04 okt 2023 17:19
Yangiliklar
"Roma" Joze Mourino o'rniga Antonio Konteni taklif qilmoqchi
"Roma" bosh murabbiyi Joze Mourinoning shartnomasi 2024 yilda yakuniga etadi va katta ehtimol bilan portugaliyalik klubni tark etadi.
"Roma" klubi rahbariyati malumotlarga qaraganda Jozega o'rinbosar izlashni boshlab yuborgan. "Sportmediaset"ning xabariga ko'ra, Rim klubi rahbarlarining orzusi — jamoaga Antonio Konteni olib kelish. Italiyalik murabbiy ayni paytda ishsiz.
Tuttosport"ning yozishicha, alternat variant sifatida "Sassuolo" ustozi Alessio Dionizi ko'rilmoqda.
Qayd etish lozim, "Roma" 2023/24-yilgi mavsum startini omadsiz boshladi, 7 turdan keyin jamoa 8 ochko bilan A Seriya jadvalida 12-o'rinni egallab turibdi.
Fikrlar