"Roma" futbolchilari Mourinoni tug'ilgan kuni bilan tabrikladi
26 jan 2022 20:49
Yangiliklar


"Roma" futbolchilari Mourinoni tug'ilgan kuni bilan tabrikladi
Italiyaning "Roma" klubi futbolchilari kiyinish xonasida bosh murabbiy Joze Mourinoni tug'ilgan kuni bilan tabrikladi.
Futbolchilar birgalikda portugaliyalik murabbiyning tug'ilgan kuniga tort olib kelishdi, Mourino undagi shamni pufladi, birinchi bo'lakni sardor Lorenco Pellegrinoga uzatdi va "Ishga kirishish fursati etdi", dedi.
Rimliklarning yangi futbolchisi Serji Oliveyra ustozini o'ziga xos tarzda tabrikladi. Futbolchi o'zining Instagram sahifasiga bolalikda onasi bilan birga hali nisbatan yosh Mourinodan intervyu olayotgan paytdagi suratini joylashtirdi.
Eslatib o'tamiz, bugun Joze Mourino 59 yoshga to'ldi. Faoliyati davomida u "Benfika", "Portu", "CHelsi", "Manchester Yunayted", "Real" va "Tottenxem" kabi klublarni boshqarishga muvaffaq bo'lgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar