"Roma" futbolchilari Mourinyoni tug'ilgan kuni bilan tabrikladi

Оқил Абдубарноев
26 yanv 2022, 20:49
Italiyaning "Roma" klubi futbolchilari kiyinish xonasida bosh murabbiy Joze Mourinyoni tug'ilgan kuni bilan tabrikladi.

Futbolchilar birgalikda portugaliyalik murabbiyning tug'ilgan kuniga tort olib kelishdi, Mourinyo undagi shamni pufladi, birinchi bo'lakni sardor Lorenco Pellegrinoga uzatdi va "Ishga kirishish fursati etdi", dedi.

Rimliklarning yangi futbolchisi Serji Oliveyra ustozini o'ziga xos tarzda tabrikladi. Futbolchi o'zining Instagram sahifasiga bolalikda onasi bilan birga hali nisbatan yosh Mourinyodan intervyu olayotgan paytdagi suratini joylashtirdi.

Eslatib o'tamiz, bugun Joze Mourinyo 59 yoshga to'ldi. Faoliyati davomida u "Benfika", "Portu", "Chelsi", "Manchester Yunayted", "Real" va "Tottenxem" kabi klublarni boshqarishga muvaffaq bo'lgan.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: asroma.com