"Roma" Evropa Ligasi yarim finali oldidan Pedrosiz qoldi
21 apr 2021 15:08
Yangiliklar
"Roma" Evropa Ligasi yarim finali oldidan Pedrosiz qoldi
Hujumchi "Manchester Yunayted"ga qarshi o'yinda sheriklariga yordam bera olmaydi.
Pedro Rodriges mushak jarohatini oldi. 33 yoshli ispaniyalik futbolchi chap oyog'idan jarohatlangan.
"Roma" o'yinchisi lazaretda 10 kun bo'ladi. Natijada u A Seriya doirasidagi "Atalanta" (22 aprel) va Evropa Ligasi yarim final doirasidagi MYU (29 aprel)ga qarshi o'yinda yordam bera olmaydi.
Pedro Rodriges joriy mavsum 35ta o'yinda maydonga tushib, 5ta gol va 3ta assist qayd etdi.
Fikrlar