"Roma" etakchilaridan biri jiddiy jarohat oldi (16+)
13 jan 2020 14:09
Yangiliklar
"Roma" etakchilaridan biri jiddiy jarohat oldi (16+)
Rimdagi "Olimpiko" stadionida o'tgan bellashuvda 2:1 hisobida mehmonlar g'alaba qozonishdi.
Roma Diego Perotti - 68' |
Serie A . 19-tur 12/01/2020, 23:45 2
:
1
Tugadi
|
Juventus Merih Demiral - 3', Cristiano Ronaldo - 10' |
Stadion: Stadio Olimpico, Rome, 60513 tomoshabin
Bosh hakam: Marco Guida
Uchrashuvning 31-daqiqasida mezbonlar etakchilaridan biri Nikolo Zanolo jiddiy jarohat oldi. "Yuve" himoyachisi Matteys de Ligt bilan to'qnashuvdan so'ng kuchli og'riqdan baqirib yuborgan Zanolo maydonni ko'zlarida yosh bilan tark etdi.
"Roma" matbuot xizmati bergan xabarga ko'ra, Nikoloning o'ng tizza old paylari uzilgan. Yarim himoyachi Rimda joylashgan "Villa Styuart" (Villa Stuart) sport klinikasiga olib ketilgan va bugun operaciya qilinishi kerak.
Taxminlarga ko'ra, bunday jarohatdan keyin tiklanish uchun 6 oydan 9 oygacha vaqt ketadi. Zanolo mavsumning qolgan qismini o'tkazib yuboradi va katta ehtimol bilan Evro-2020da ham ishtirok eta olmaydi.
Eslatib o'tamiz, Nikolo joriy mavsum A Seriyada 18ta o'yin o'tkazib 4ta gol urgan va bitta golli pas bergan edi.
Ronaldu ham Zanoloni qo'llab-quvvatladi.
Italiya chempionati turnir jadvali >>>>> A Seriya
Fikrlar