

Italiyaning “Roma” jamoasi transfer bozorida faollikni oshirishda davom etadi. Rimliklar Ivan Markano va Ante Chorichni sotib olganidan so'ng, o'z safiga “Portu”ning meksikalik futbolchisi Ektor Errerani qo'shib olishni ko'zlamoqda. 5-yildan beri “Portu” safida bo'lgan Errera Portugaliya chempionatining yakuniga etgan mavsumida 3 ta gol urib, 4 ta golli pasni amalga oshirdi.



