So’nggi yangiliklar

14:28"Тоттенхэм", "Ньюкасл" ва "Наполи" Грилишга даъвогар  0 14:02U-16 халқаро турнири. Ўзбекистон бу гал Японияга имкониятни бой берди  8 13:33Луис Диас "Бавария"га ўтиш арафасида: клублар музокараларга киришмоқда  4 13:06"Спортинг" Гёкерешни Суарес билан алмаштирмоқчи  2 12:39Файзуллаевнинг мураббийи: "Аббос ўзи учун тўғри қарор қабул қилади"  2 12:18Марко Верратти Қатарда жамоасини ўзгартирди  1 11:50"Комо" таркибни кучайтиришда давом этади. А Серия клуби "Селтик" юлдузини 19 млн еврога сотиб олмоқчи  4 10:50Ўзбекистон МТЖ аъзосига Туркия клуби қизиқиш билдирмоқда  4 10:24Мусиала операция қилинди  8 09:53“Навбаҳор“ футболчиси ОКМКга ўтди  4 09:22“Пахтакор“ вингери фаолиятини “Андижон“да давом эттиради  9 08:51Ўзбекистон U-16 терма жамоаси Японияга қарши баҳс олиб боради  6 08:20“Пахтакор“ Муҳаммадали Ўринбоевнинг трансферидан қанча ишлаб олди?  10 08:00Суперлига-2025. “Нефтчи” - “Хоразм” 2:0  0 07:48Анхель Ди Мария янги жамоаси билан шартнома имзолади  0

"Roma" bosh direktori Eldor SHomurodovni transfer qilmoqchi, bitimga ispaniyalik Pedro qo'shilishi mumkin Yangiliklar

"Roma" bosh direktori Eldor SHomurodovni transfer qilmoqchi, bitimga ispaniyalik Pedro qo'shilishi mumkin

"Jenoa"ning o'zbekistonlik hujumchisi Eldor SHomurodov "Roma" qiziqishlariga sabab bo'lmoqda.

Bu haqda Iltempo xabar bermoqda. Manbaning xabariga ko'ra, shaxsan "bo'rilar" bosh direktori Tyagu Pintuning o'zi 26 yoshli futbolchiga qiziqish bildirmoqda. "Jenoa" bilan muloqotlar ham bo'ldi, futbolchi taxminan 15 million evroga baholanmoqda. Bitimda shuningdek SHomurodovni keyingi sotuvidan foiz ham ko'zda tutilishi mumkin.

Transfer xarid qilish huquqiga ega yoki majburiy xarid belgilangan ijara bo'lishi mumkin. Rim klubi bitimga Joze Mourinyu ishonch bildirmayotgan Pedroni qo'shish variantini ko'rib chiqmoqda.

Manbaning takidlashicha, agar Rim klubi "Jenoa"ga taklif bersa, Eldor SHomurodov bunga ikkilanmasdan ijobiy javob beradi va transferga rozilik bildiradi. 

Oldinroq, portugaliyalik mutaxassisning o'zi ham hujumchini jamoasida ko'rishni xohlayotgani haqida xabarlar yangragan edi.

Eldor o'tgan yili "Jenoa"ga "Rostov"dan 7,5 million evro evaziga o'tgan va Genuya klubi bilan 4 yillik shartnoma imzolagan edi. SHomurodov o'tgan mavsum A Seriya doirasidagi 31ta o'yinda maydonga tushib, 8ta gol va 1ta assist qayd etdi.

→ "Jenoa" ustozi SHomurodovni sotishni taqiqladi


Reyting: +72   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика