"Roma" "Ayntraxt" himoyachisini sotib olishga yaqin
18 may 2023 17:38
Yangiliklar
"Roma" "Ayntraxt" himoyachisini sotib olishga yaqin
Frankfurtning "Ayntraxt" klubi himoyachisi Evan Ndika "Roma"ga o'tishga yaqin turibdi, deya xabar bermoqda jurnalist Nikolo Skira.
Manba bergan xabarga ko'ra, Rim klubi 23 yoshli franciyalik futbolchiga 2027 yilning iyun oyi oxirigacha mo'ljallangan shartnoma taklif qilgan. Futbolchi 2023 yilning yozida erkin agent sifatida hozirgi klubini tark etishi ehtimoli katta.
Avvalroq futbolchi uchun "Liverpul" va "Barselona" davogarlik qilayotgani xabar qilingandi.
Ndika 2022/23 yilgi mavsum "Ayntraxt" safida barcha musobaqalarda 41 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali himoyachini 32 million evroga baholamoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar