"Roma" amerikaliklar qo'liga o'tishga yaqin turibdi
29 dek 2019 19:26
Yangiliklar


"Roma" amerikaliklar qo'liga o'tishga yaqin turibdi
Amerikalik milliarder Den Fridkin "Roma" futbol klubini Jeyms Pallottadan sotib olishga yaqin turibdi.
Bu haqda "Il Messaggero" xabar bermoqda. Ushbu sotuv ishlari 31 dekabrga qadar yakunlanadi va "Roma" 780 million evro evaziga amerikaliklar qo'liga o'tadi.
Ayni damda "Roma"ning qarzlari 272 million evroni tashkil qilmoqda. Klubni sotib yuborganidan keyin Pallotta maslahatchi direktorlar uyumasida ishlaydi.
Fridkin "Friedkin Group" kompaniyasi ijrochi direktori hamda AQSHda "Gulf States Toyota" mustaqil avtomobil distribyutori hisoblanadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar