"Roma" Aleks Tellesga qiziqmoqda
14 iyu 2021 09:25
Yangiliklar
"Roma" Aleks Tellesga qiziqmoqda
"Manchester Yunayted" himoyachisi Aleks Telles faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin.
Janluka Di Marcioning xabariga ko'ra, Rim klubi 28 yoshli braziliyalik futbolchini jarohat olgan Leonardo Spinaccolaning o'rnida o'ynatmoqchi.
Ammo MYU bugungi kunda o'yinchini ijaraga berib yubormoqchi emas. "Roma" yaqin kunlarda transferni amalga oshirishga urinib ko'radi.
Telles 2020/21 yilgi mavsum barcha musobaqalarda 27ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 6ta assist qayd etdi.
Fikrlar