"Roma" Abraxamga 9-raqam, o'yin vaqti va 4,5 mln evro maosh taklif qildi, hujumchi esa Rim klubiga o'tishni xohlamayapti
13 avg 2021 10:16
Yangiliklar
"Roma" Abraxamga 9-raqam, o'yin vaqti va 4,5 mln evro maosh taklif qildi, hujumchi esa Rim klubiga o'tishni xohlamayapti
"Roma" sport direktori Tyago Pinto "CHelsi" hujumchisi Temmi Abraxam bilan uchrashdi.
Rim klubi 23 yoshli angliyalik futbolchiga 9-raqam, o'yin vaqti va bir mavsum uchun 4,5 million evro maosh taklif qildi.
Ammo, Abraxam barcha variantlarni o'ylab olish uchun ko'proq vaqt oldi. U shuningdek "Arsenal"ga o'tish variantini ko'rmoqda, uning oilasi "kanonirlar"ga muxlislik qiladi va u Londondan ketish kerakligiga ishonch komil emas.
Eslatib o'tamiz, Abraxam "CHelsi" tarbiyalanuvchisi. U 2020/21 yilgi mavsum 32ta o'yinda maydonga tushib, 12ta gol va 6ta assist qayd etdi.
Fikrlar