"Roma" 1991 yildan beri ilk bor Evrokubok finalida o'ynaydi
06 may 2022 07:36
Yangiliklar
"Roma" 1991 yildan beri ilk bor Evrokubok finalida o'ynaydi
"Roma" 31 yil ichida birinchi marta Evrokubok finalida o'ynaydigan bo'ldi.
Joze Mourino shogirdlari Konferenciyalar ligasi yarim finalida "Lester" to'sig'idan o'tishdi.
Rimliklar so'nggi marotaba 1990/91 yilgi mavsumda finalgacha etib borganlar - o'shanda jamoa UEFA kubogi finalida "Inter"ga mag'lub bo'lgan.
Bu safar "Roma"ning finaldagi raqibi "Feyenoord" bo'ladi.
O'yin 25 may kuni Tiranada o'tkaziladi.
Fikrlar