So’nggi yangiliklar

01:39Расман: Ўткир Юсупов — "Фулад" футболчиси!  3 01:32"Арсенал" Рафиньянинг трансфери бўйича "Барселона"га кўп миллионлик таклиф тайёрлайди  0 01:05Париж-2024. Ўзбекистон - Миср 0:1, Ҳимоядаги хато қимматга тушди  6 00:53"Атлетико" ва Испания терма жамоаси собиқ футболчиси фаолиятини якунлади  0 00:15РПЛ. Эсанов ҳаракат қилаётган "Акрон" меҳмонда "Факел"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди  15 23:35Тимур Кападзе: "Иккала ўйинда ҳам ютишимиз мумкин эди"  103 23:01Расман: "Атлетико" Испания терма жамоаси футболчиси билан шартнома имзолади  1 22:29"Навбаҳор" назорат учрашувида йирик ҳисобда ғалаба қозонди. Қувватовдан норасмий дебют, Никабадзедан хет-трик  10 21:31"Манчестер Юнайтед" форварди ПСЖга ўтиши мумкин  5 21:05Париж-2024. Ўзбекистон иккинчи турда Мисрга ютқазди ва гуруҳдан чиқиш имкониятини йўқотди  848 20:53Париж-2024. Испания терма жамоаси биринчи бўлиб плей-оффга чиқди  7 20:22"Манчестер Юнайтед" испаниялик футболчига қизиқмоқда  1 19:56"Барселона" Уильямс учун кутилганидан 4 млн. евро кўп пул тўлаши керак  2 19:22ФИФА Аргентинанинг эътирозига жавоб берди  5 18:52Ҳусниддин Ғофуров - "Қўқон-1912" футболчиси  3

Roke Santa-Krus: Futbolda gol urgan jamoa yutadi Yangiliklar

Roke Santa-Krus: Futbolda gol urgan jamoa yutadi

Teglar :  Roke Santa-Krus
Bavariya va Manchester Sitining sobiq hujumchisi Roke Santa Krus, mana 17 yildirki, Paragvay terma jamoasi sharafini himoya qilib kelmoqda.

FIFA rasmiy saytiga bergan intervyusida u Evropa futbolidagi ilk qadamlari haqida gapirib o'tdi.

- Bavariyaga o'tganingizda 17 yoshda edingiz. Navqironlik davrida boshqa qitaga moslashish qiyin kechmaganmi?


- Ota-onam va aka-ukalarim bilan xayrlashish oson bo'lmagan. Lekin bu hayotimdagi muhim qadam edi. Bundesligada shunchalik erta o'ynash imkoniyati yuzaga kelganidan xursandman.

- Nemis tilini juda tez o'rgangansiz, hozir ham unda yaxshi gaplashasiz...


- Myunxendagi birinchi hafta juda qiyin kechgan. CHunki jamoadoshlarim bilan umuman gaplasha olmasdim. SHu bois ham tilni tezroq o'rganishni istaganman. Ayniqsa, kiyinish xonasidagi hazillarni tushunish uchun (kuladi). Bavariya futbolchilari meni yaxshi qabul qilishgan. Vaholanki, bir necha kun oldin CHempionlar Ligasi finalida Manchester Yunaytedga imkoniyatni boy berishgandi.

- Futbolchilar orasida haqiqiy do'stlik bo'ladimi?


- Millionlar o'yinida muntazam o'zgarishlar ro'y beradi. O'yinchilar keladi, ketadi. Lekin bir-birimiz bilan har kun gaplashmasakda, doimiy muloqotda bo'lib turamiz. Biror kishi bilan uzoq vaqtdan so'ng ko'rishsangiz, bahri dilingiz ochiladi.

- Faoliyatingiz davomida Evropaning uchta kuchli ligasida to'p surgansiz. Ular orasidagi farq qanday?


- Angliyada hakamlar hadeb hushtak chalaverishmaydi. SHu bois o'yin bir maromda davom etadi. Har bir bahs alohida tomosha. Germaniyada ham deyarli barcha uchrashuvlarda stadionlar to'ladi. Men o'ynagan davrdagi usul o'zgardi. Ayni paytda barcha jamoalarga chiroyli va muvaffaqiyatli futbol muhimroq. Ispaniyada ko'proq texnikaga etibor qaratishadi. Muxlislar to'p bilan muomala qilishni xush ko'radigan futbolchilarni yaxshi ko'rishadi. Bu uchta chempionat jahondagi eng kuchli ligalardir.

- Qaysi mamlakatga moslashishingiz osonroq kechgan?


- Deyarli hech qaerda muammoga duch kelmaganman. Ularning har birini xursandchilik bilan eslayman. Lekin turmush o'rtog'im Ispaniyada o'zini uyidagidek his qiladi. U erda farzandlarimiz ulg'ayishdi va hozirda ispan maktabiga borishmoqda.

- Sizni doimo jarohatlar qiynab kelgan. Agar kasalxonaga tushavermaganingizda faoliyatingiz qanday kechishi mumkinligini tasavvur qilib ko'rganmisiz?


- Bu haqda umuman o'ylamaganman. Hech qachon jarohatlardan shikoyat qilmaganman. Aksincha, bor kuchimni tezroq oyoqqa turishga sarflaganman. Hamisha jarohatdan so'ng maydonga qaytishdan huzurlanganman.

- Lekin odam o'z tanasini muntazam ehtiyotlashi lozim.


- Hozirgi kunda ertalab turganimda yashash qiyinlashganini his qilaman. Lekin bu holat jarohatlar tufayli ro'y bermayapti, shunchaki, qariyapman.

- Paragvayda bolalarni himoya qilish fondiga asos solgansiz...


- Men tug'ilib-o'sgan mamlakatda bolalarning bir nimaga erishishlari qiyin. Fond orqali insonlarga yordam berish va bolalarni to'g'ri yo'lga yo'naltirish imkoniyatiga ega bo'laman. Ularga yolg'iz emasliklari, agar tinimsiz mehnat qilishsa hayotda ko'p narsaga erishishlari mumkinligini ko'rsatib qo'ymoqchiman.

- Bugungi kunda Paragvayda bolalar futboliga etibor qanday?


- Qachondir milliy terma jamoada o'ynashi mumkin bo'lgan iqtidorli yigitlar ko'pchilikni tashkil qiladi. Ayrimlari Evropaga yo'l olishdi. Boshqalar esa Argentina, Braziliya va hattoki, Meksikada ham o'ynashmoqda. O'zingizga malum, so'nggi yillarda Meksikada futbol rivoji uchun katta sarmoyalar kiritilmoqda. Lekin faoliyat avvalida pul muhim rol o'ynamasligi kerak. Yoshlardan, eng avvalo, mashq qilib, saviyalarini ko'tarishlari talab etiladi.

- Uchta jahon chempionatida ishtirok etgansiz. Ayting-chi, milliy terma jamoa libosini kiyganda o'zingizni qanday his qilasiz?


- Futbolchi uchun o'z mamlakati terma jamoasi safida maydonga tushishdan muhimroq narsa bo'lmasa kerak. Asosiy maqsadim shu edi. O'shanda hali qaysi klubda o'ynashim haqida o'ylamagandim ham. Har bir chaqiruv menga quvonch bag'ishlaydi.

- JARdagi jahon chempionatida bo'lgani kabimi?


- Bu mundial terma jamoa, o'zim uchun yuqori cho'qqi bo'ldi. Avvaliga ikkita jahon chempionatidan keyin nimalar qilish lozimligini yaxshi bilib olgandik. Garchi gol urmagan bo'lsamda, yaxshi formada edim va yomon o'ynamaganman. Jamoamiz esa chorak finalga qadar etib borgandi.

- Ushbu bosqichda jahon chempionligini qo'lga kiritgan Ispaniya termasiga 0:1 hisobida imkoniyatni boy bergansizlar...


- O'shanda to'p kiritish uchun ko'plab qulay vaziyatlarga ega bo'lganmiz. Ammo futbolda gol urgan jamoa yutadi.

- Paragvay termasining Rossiya­da bo'lib o'tadigan jahon chempionatiga chiqish imkoniyatlarini qanday baholaysiz?


- Mintaqadagi raqobat o'ta kuchli. Bugungi kunda Janubiy Amerika jamoalari safida iqtidorli futbolchilar ko'p. Jumladan, Paragvay termasida ham. SHunday ekan, JCH-2018ga chiqish imkoniyatimiz bor, deb hisoblayman.

- O'zingiz mundialda qatnashasizmi?


- Yo'q. Vaqt bir joyda turmaydi. Qaysidir pallada bunday turnirda o'zini ko'rsatishga qodir bo'lgan yoshroq futbolchilar etishib chiqadilar. Ularga yo'l bo'shatish kerak. Lekin hamon ishtiyoqim so'nmagan. Agar jismoniy holatim bardosh bersa, terma jamoa safida hali bir nechta uchrashuv o'tkazmoqchiman.

- Siz uchun jahon chempionatlaridagi eng noqulay raqiblar kimlar bo'lgan?


- Qiziq savol. Menimcha, Alessandro Nesta, Fabio Kannavaro va Pao-lo Maldinilar bo'lsa kerak.


Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика