Rok "Dinamo"ga qarshi o'yinda maydonga tushishga tayyor
19 iyu 2015 02:23
Yangiliklar


Rok "Dinamo"ga qarshi o'yinda maydonga tushishga tayyor
"Nasaf"ning sloveniyalik himoyachisi Roy Rok "Bunyodkor"ga qarshi o'yin oldidan chigalyozdi mashg'ulotlarida jarohat olgandi.
Roy Rok ayni paytda jamoa mashg'ulotlarida to'liq ishtirok etmoqda va jarohatidan deyarli butunlay forig' bo'lgan.
Futbolchi "Dinamo" bilan bo'ladigan o'yinda maydonga tushishga tayyor ekanligini bildirdi.
"Hozirda hammasi yaxshi. Oyog'imda og'riqni his qilmayapman. Agarda murabbiy meni boshlang'ich tarkibga kiritsa, maydonga tushishga shayman", - deydi Roy Rok.
Eslatib o'tamiz, bugun "Nasaf" jamoasi Oliy liganing 13-turi doirasida "Dinamo"ga qarshi saf tortadi.
O'yin Qarshidagi "Markaziy" o'yingohda soat 20:00da boshlanadi.

Fikrlar