Roys "Barselona"da qaysi poziciyada o'ynashi haqida qiziqdi
05 fev 2015 14:44
Yangiliklar
Roys "Barselona"da qaysi poziciyada o'ynashi haqida qiziqdi
"Barselona" murabbiylari shtabi Dortmundning "Borussiya" klubi hujumchisi Marko Roysga qiziqish bildirishda davom etyapti.
Xabarlarga ko'ra, futbolchi o'z agentiga sovrinlar yuta oladigan va o'zi asosiy tarkibda bo'ladigan jamoaga o'tishni xohlayotganini aytgan. Ayni damda Roysning yillik maoshi 4,5 mln evro.
"Barselona" Roys bilan uni Kataloniya klubiga o'tishi borasida aloqaga chiqqan. O'shanda futbolchi Lionel Messi, Neymar, Suares kabi futbolchilar o'ynaydigan jamoada qaysi poziciyada harakat qilishini so'ragan. "Barselona"dagilar javob tariqasida unga maydonda joy topib berishi haqida malum qilishgan.
Fikrlar