Rojers: "Yanada ko'proq gol urishimiz kerak edi"
17 jan 2021 11:11
Yangiliklar


Rojers: "Yanada ko'proq gol urishimiz kerak edi"
"Lester" bosh murabbiyi Brendan Rojers APL doirasida "Sautgempton"ga qarshi o'yin haqida gapirdi.
"Ajoyib g'alaba! Dastlabki 25 daqiqalikda ijtimoiy oraliq masofa saqlagandek bo'ldik, yani, raqiblardan 2 metr farq bilan o'ynadik. Juda passiv o'ynadik, agressiv bo'la olmadik. Biroz vaqt o'tib, pressingimiz ham yaxshi bo'ldi, hujumlarimiz ham o'xshadi.
Ikkinchi bo'limni yaxshiroq o'tkazdik, ikkitadan ko'proq gol urishimiz kerak edi. O'z navbatida himoyachilarimiz ham chiroyli o'yin namoyish qilishdi", - dedi Rojers.
Ushbu g'alabasi orqali "Lester" APL turnir jadvalida 2-o'ringa ko'tarilib oldi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar