Rojers: "Koutino nega Braziliya terma jamoasiga chaqirilmaganini tushunmadim"
17 avg 2015 14:16
Yangiliklar


Rojers: "Koutino nega Braziliya terma jamoasiga chaqirilmaganini tushunmadim"
"Liverpul" bosh murabbiyi Brendan Rojers Filippe Koutinoning Braziliya terma jamoasiga chaqirilmaganiga izoh berdi.
"O'tgan mavsumda Koutino Braziliya terma jamoasining tizim tashkil etuvchi futbolchilaridan biri bo'ladi deb o'ylagan edim. Filippe ancha yosh bo'lganida jahonning eng kuchli ligasining terma jamoasidan o'rin oldi. Qanday qilib uni terma jamoaga chaqirmaslik mumkin? Bu haqda u bilan suhbatlashdim. U xafa, ammo ishlashda davom etmoqchi. Uning oldingi formasi qaytadi va Koutino terma jamoadan joy oladi deb umid qilaman" - deydi Rojers.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar