Rojers – APLda "Tottenxem"ni ketma-ket 6 uchrashuvda yutgan 3-murabbiy bo'ldi
21 sen 2019 19:40
Yangiliklar
Rojers – APLda "Tottenxem"ni ketma-ket 6 uchrashuvda yutgan 3-murabbiy bo'ldi
"Lester" APL 6-turidan o'rin olgan o'yinda (2:1) "Tottenxem"ni mag'lubiyatga uchratdi.
"Tulkilar" ustozi Brendan Rojers "Tottenxem"ni APLning qatorasiga 6 ta bahsida mag'lub etgan uchinchi murabbiy bo'ldi.
Bunga qadar MYU sobiq murabbiyi Aleks Fergyuson 7 marta (2001-2004) va Sem Ellardays (2003-2005) 6 ta o'yinda lodonliklarni mag'lub etgandi.
46 yoshli Rojers avvalroq "Liverpul" ustozi bo'lgan. Joriy yil fevral oyida "Seltik"dan "Lester" klubiga o'tgandi.
Ayni paytda, "Lester" 11 ochko to'plagan holda APL advalida ikkinchi, "Tottenxem" 8 ochko bilan 6-o'rinda bormoqda.
Fikrlar