Rojers Aleks Fergyusonning natijasini takrorladi
16 may 2021 02:08
Yangiliklar
Rojers Aleks Fergyusonning natijasini takrorladi
"Lester" "CHelsi"ni mag'lub etib (1:0), o'z tarixida birinchi marta Angliya Kubogini yutdi.
"OptaJoe" xabariga ko'ra, "tulkilar" ustozi Brendan Rojers ser Aleks Fergyusondan keyin ham Angliya Kubogi, ham SHotlandiya Kubogini yutgan birinchi murabbiydir.
Eslatib o'tamiz, Fergyuson "Aberdin" bilan to'rt marta SHotlandiya Kubogi va "Manchester Yunayted" bilan besh marta Angliya Kubogi sohibiga aylangan. Rojers esa "Seltik" bilan SHotlandiya Kubogiga erishgan.
Fikrlar