Roy Xodjson: Runi etarlicha gol urgan va u bundan faxrlansa arziydi
23 mar 2015 22:02
Yangiliklar


Roy Xodjson: Runi etarlicha gol urgan va u bundan faxrlansa arziydi
Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Roy Xodjson Bobbi CHarlton va Ueyn Runining to'purarlik qobiliyatlari haqida so'zlab o'tdi.
Menga o'tgan asrning o'rtalaridagi futbolchilar xususida gapirish osonroq. Negaki men ularni o'yinlarini yaxshi bilaman. O'sha paytdagi futbolchilar hozirgilardan ko'ra o'z ishlarini yaxshi bajarishar edi demoqchi emasman. SHunchaki futbol o'z joyida turgani yo'q va har tomonlama o'sishga erishgan. Hozirgi davrda bir mavsumda ellikta gol urishni juda ham qiyin. Avvallari Latviya, Estoniya va Litva kabi jamoalarga besh-oltita gol urish muammo emas edi. Runi terma jamoa safida ham etarlicha gol urgan va bundan Ueyn faxrlansa arziydi. CHarlton o'ynagan davrdagi futbol bilan hozirgi futbolni farqi bor.
Eslatib o'tamiz, Runi Angliya terma jamoasi safida 46ta gol kiritgan. Bobbi CHarlton hisobida esa 49ta gol mavjud.
Eslatib o'tamiz, Runi Angliya terma jamoasi safida 46ta gol kiritgan. Bobbi CHarlton hisobida esa 49ta gol mavjud.

Fikrlar