Roger Shmidt "Benfika" bilan 2024 yilga qadar shartnoma imzolaydi

Alisher
11 apr 2022, 15:07
PSV bosh murabbiyi Roger Shmidt kelasi mavsumda "Benfika" bilan ishlaydi.

Tomonlar dastlabki kelishuvga erishishdi, bu haqda jurnalist Fabricio Romano xabar bermoqda.

Bitim 2024 yilga qadar mo'ljallangan. Bitim haqida tez orada rasman e'lon qilinadi.

Eslatib o'tamiz, "Benfika" oldinroq Jorje Jezushni iste'foga chiqargan edi. Lissabon klubi joriy mavsumda hozircha Chempionlar Ligasi chorak finaliga qadar yetib bordi.

PSV esa allaqachon kelasi mavsumdan jamoani Rud van Nistelroy boshqarishini e'lon qildi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano