Rodrigo "Valensiya" mashg'ulotlarini o'tkazib yubordi, u tez orada "Atletiko" futbolchisiga aylanishi mumkin
13 avg 2019 16:05
Yangiliklar


Rodrigo "Valensiya" mashg'ulotlarini o'tkazib yubordi, u tez orada "Atletiko" futbolchisiga aylanishi mumkin
"Valensiya" forvardi Rodrigo Moreno jamoaning ertalabki mashg'ulotlarida ishtirok etmadi.
Bu holat futbolchining "Atletiko"ga o'tishi bilan bog'liqdir.
"Valensiya" bosh direktori Mateu Alemani ertalab klub bazasida bo'ldi. U Rodrigo jamoada qoladimi degan savolga javob berishdan bosh tortgan.
Rodrigo "Real" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U "Valensiya"ga 2015 yil yozda "Benfika"dan o'tgan edi. Transfer narxi esa 30 million evroni tashkil etgan.
Forvard yakunlangan mavsum La Ligada 33ta o'yinda maydonga tushib, 8ta gol va 6ta assist qayd etgan.
Rodrigo Moreno 2014 yildan beri Ispaniya terma jamoasi sharafini himoya qiladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar