Rodrigo Realda to'qqizlik forvard nuqtasida to'p surayotgani unga yoqmasligini aytdi
16 okt 2023 09:34
Yangiliklar
Rodrigo Realda to'qqizlik forvard nuqtasida to'p surayotgani unga yoqmasligini aytdi
Braziliya milliy jamoasi forvardi Rodrigo Realda to'qqizlik forvard nuqtasida to'p surayotgani unga yoqmasligini aytdi.
«Turli chiziqlarda to'p sura olish har doim muhim. Faoliyatim davomida qanotlarda o'ynash menga qulay ekanini aytib kelganman. Murabbiylar buni bilishadi. To'qqizlik nuqtasida esa to'p surish menga yoqmaydi, ammo klubdagi faoliyatimda shunga majburman.
Braziliya milliy jamoasida esa men maydon bo'ylab harakat qila olaman, bu o'yinim o'sishiga yordam beradi. Qolaversa, maydonda turli chiziqlarga moslasha olish juda muhim, chunki bu sening zaxiraga olinishing imkoniyatini kamaytiradi», - deydi braziliyalik vinger Rodrigo.
Fikrlar