Rodrigo Neymar 10-raqamni unga qoldirmoqchi ekanligini aytdi
20 iyu 2022 20:11
Yangiliklar
Rodrigo Neymar 10-raqamni unga qoldirmoqchi ekanligini aytdi
"Real" va Braziliya terma jamoasi hujumchisi Rodrigo hamyurti Neymarning unga bergan vadasi haqida gapirdi.
"Neymar terma jamoadan ketgach, menga o'ninchi raqamni berishini aytdi. Bunga nima deb javob berishni bilmadim. Men juda xijolat bo'ldim va asabiy holda kula boshladim. Keyin unga hali ketish haqida o'ylamaslik kerakligini aytdim. Mening so'zlarimdan keyin u jilmayib qo'ydi", - dedi Rodrigo.
Qayd etish joiz, Braziliya terma jamoasi safida Pele, Ronaldino, Ziko va Rivaldo kabi afsonalar o'ninchi raqam ostida to'p surgan.
Eslatib o'tamiz, 21 yoshli Rodrigo terma jamoa safida beshta o'yin o'tkazdi va bitta gol urdi.
Fikrlar