Rodri: "Bernabeu"ning chimi unchalik ham yaxshi emasdi. Bu o'yinimizga tasir o'tkazdi"
10 apr 20:46
Yangiliklar
Rodri: "Bernabeu"ning chimi unchalik ham yaxshi emasdi. Bu o'yinimizga tasir o'tkazdi"
Yarim himoyachining fikricha, maydon chimi "Siti" o'yiniga yomon tasir o'tkazgan.
"Manchester Siti" klubi futbolchisi Rodri ECHL chorak finalidan o'rin olgan kechagi o'yindagi maydon sifatidan ko'ngli to'lmaganini aytdi.
"Maydon unchalik ham yaxshi emas edi. "Siti" qanday futbol o'ynashini hisobga olsak, bu bizning o'yinimizga yomon tasir o'tkazdi. O'zimizni oqlamoqchi emasmiz, ammo bu noto'g'ri.
Tepadan ko'pincha bu ko'zga tashlanmaydi. Lekin o'yinga tushganda maydona yaxshi holatda emasligini sezasiz. To'p yaxshi dumalamadi, sakrab ham ketdi.
Yana qaytaraman – bu bahoni emas. "Bernabeu" har doim yaxshi bo'lgan, bu erda eng zo'r sharoitlar yaratiladi. Bu tomonlama etirozimiz yo'q", -deydi Rodri.
Fikrlar
Лекин бунақа гап шартмас. Плохому танцору яйцо мешает, деган экан машойихлар...
Рақиб майдонида дурранг,тем более Реалга қарши бу яхшидан хам яхшироқ курсатгич.
Майдоннинг ахволи қониқарли булганда менимча Реал хам бошқача уйин курсатган буларди.
Аммо,лекин,бироқ жавоб уйини хам дахшат булади.
Хеч қайси клуб мухлиси бефарқ қолмаса керак.
Тушундик