Roberto: “Yuventus”ga ko'proq gol urishimiz mumkin edi
29 okt 2020 08:20
Yangiliklar
Roberto: “Yuventus”ga ko'proq gol urishimiz mumkin edi
“Barselona” azosi ECHL guruh bosqichi 2-turi doirasida “Yuventus” ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng (2:0) fikrlari bilan bo'lishdi.
“Biz “Barselona”ning to'p egalik qilgan holda, yaxshi himoyalanib maydonda ustunlik qilishini xohlaymiz. Hozir shunga qarab ketyapmiz. Murabbiyimiz yangi, sekin-astalik bilan o'yinimizni yaxshilab boramiz. O'z uyimizda “Real”dan qabul qilingan mag'lubiyatdan so'ng ushbu bahsda ochko olishimiz shart edi. 6 ochko jamg'ardik, bu esa juda muhim. Bugun 2 ta to'p farqi bo'ldi, xolos. Ammo u ko'proq ham bo'lishi mumkin edi. Barcha vaziyatlarni golga aylantira olmadik. SHunga qaramay mamnunmiz. Asosiysi vaziyatlarni sodir etishda davom etish”, — deydi Serxi Roberto.
Fikrlar