Roberto Martines: "Birinchi goldan keyin jamoa parchalanib ketdi"
27 noy 2022 23:42
Yangiliklar
Roberto Martines: "Birinchi goldan keyin jamoa parchalanib ketdi"
Belgiya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Martinesning fikricha, marokashliklar tomonidan kiritilgan birinchi gol uning jamoasini parchalab tashladi.
"Natija biz uchun noxush bo'ldi. Bizda bir qancha imkoniyatlar yuzaga keldi, lekin ularni golga aylantira olmadik. O'tkazib yuborilgan gol o'yinni o'zgartirib yubordi. SHundan so'ng biz bo'linib ketdik, o'yin oxirida kerakli hujumlarni tashkil qila olmadik. Birinchi o'tkazib yuborilgan goldan keyin barchasi barbod bo'ldi", - dedi Belgiya terma jamoasi bosh murabbiyi.
Eslatib o'tamiz, mazkur bahs 2:0 hisobida marokashliklar foydasiga yakunlandi.
Fikrlar