Roberto Manchini: "Portugaliya uchinchi savatchada ekanligi mantiqqa to'g'ri kelmaydi"
21 noy 2019 08:30
Yangiliklar
Roberto Manchini: "Portugaliya uchinchi savatchada ekanligi mantiqqa to'g'ri kelmaydi"
Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Manchini Evro-2020 final bosqichiga qura tashlash marosimidan oldin o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Portagualiya uchinchi savatchada ekanligi mantiqqa to'g'ri kelmaydi. Ular Evropada eng yaxshilar qatorida va amaldagi chempion. Ammo, qura saralash musobaqasida qayd etilgan natijalarga asosan ish ko'radi. Har bir savatchada 6 ta jamoa uchun o'rin ajratilgan, shuning uchun bir nechta terma jamoalar ikkinchi yoki uchinchi savatchadan o'rin egallashdi", – deydi Manchini.
Evropa chempionati uchun qura 30 noyabr kuni Ruminiya poytaxti Buxarest shahrida o'tkaziladi.
Evro-2020 qurasidan oldin. Jamoalar qaysi savatlarga joylashishadi?
Fikrlar