Roberto Manchini Koreya Respublikasiga qarshi o'yinda penaltilar seriyasi yakunlamasdan maydonni tark etdi
31 jan 2024 08:37
Yangiliklar
Roberto Manchini Koreya Respublikasiga qarshi o'yinda penaltilar seriyasi yakunlamasdan maydonni tark etdi
Osiyo kubogi nimchorak final bosqichidan o'rin olgan Koreya Respublikasi va Saudiya Arabistoni terma jamoalari o'rtasidagi o'yin dramatik tarzda o'tdi. Uchrashuvning asosiy vaqtiga qo'shib berilgan daqiqalarda hisobni tenglashtirgan Koreya Respublikasi terma jamoasi yakunda penaltilar seriyasida Saudiya Arabistonini mag'lubiyatga uchratdi.
Qizig'i shundaki, Saudiya Arabistoni termasi bosh murabbiyi Roberto Manchini penaltilar seriyasi yakunlanmasdan maydonni tark etishga qaror qildi. Abdulrahmon G'arib saudiyaliklarning ikkinchi noaniq zarbasini amalga oshirganidan so'ng, Manchini kiyinish xonasiga yo'l oldi. SHundan so'ng, Xvang Xi CHan so'nggi zarbani aniq amalga oshirdi va Koreya Respublikasiga chorak final yo'llanmasini taqdim etdi. Murabbiyning harakatlari esa keskin muhokamalarga sabab bo'ldi.
Fikrlar