Roberto Karlos: "Ronalduga xushtak chalishdi? "Real" muxlislari doim shunday bo'lgan"
02 apr 2015 10:20
Yangiliklar


Roberto Karlos: "Ronalduga xushtak chalishdi? "Real" muxlislari doim shunday bo'lgan"
"Real" sobiq himoyachisi Roberto Karlosning takidlashicha, muxlislar tomonidan Krishtianu Ronalduga chalingan xushtaklar odatiy hol.
"Futbol dunyosida butun mavsum davomida muvozanatni ushlab turish juda qiyin. "Santyago Bernabeu" ishqibozlari doim shunday bo'lgan. Ammo Krishtianu "Real"da baxtli va u shartnoma muddati tugagandagina klubni tark etadi deb o'ylayman. Florentino Peres Ronalduni boshqa klubga qo'yib yuborishiga ishonish qiyin" - deydi Karlos.

Fikrlar