Roberto Karlos Lyuk SHouning o'yini haqida gapirdi
06 iyu 2021 22:18
Yangiliklar
Roberto Karlos Lyuk SHouning o'yini haqida gapirdi
Lyuk SHou oxirgi haftalarda Angliya terma jamoasida ko'rsatayotgan o'yini bilan jamoadoshlari orasida "SHouberto Karlos" laqabini olgandi.
SHouning bu o'yinlariga braziliyalik afsona Roberto Karlosning o'zi ham baho berdi.
"Siz SHouda motivaciya juda balandligini ko'rishingiz mumkin. U rostdan ham o'smoqda. Ukrainaga qarshi o'yinda SHou juda ajoyib o'ynadi. Hozir u Angliya termasining ajralmas bo'lagi.
SHou har bir o'yinda kuchayib bormoqda. Eng yuqori cho'qqiga chiqish uchun unda hamma narsa bor.
Ikkimiz o'xshaymizmi? Men solishtirishni yomon ko'raman. Bu futbolning bir biridan butunlay farq qiluvchi ikki davri edi. Mening o'z davrim bo'lgan, hozir esa SHouniki. G'olib bo'lish uchun kuch va kuchli xohish tarafdan ikkimiz ham o'xshashmiz", -deydi Roberto Karlos.
Fikrlar