Roberto Karlos futbol tarixidagi eng yaxshi futbolchi kimligini aytdi
18 may 2020 22:55
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/567687_original.jpg)
![](/upload/storage/567687_220.jpg)
Roberto Karlos futbol tarixidagi eng yaxshi futbolchi kimligini aytdi
“Real”ning sobiq himoyachisi Roberto Karlos braziliyalik Ronaldoni futbol tarixidagi eng yaxshi futbolchi deb hisoblashini aytdi.
“Ronaldo mashg'ulotlarda alohida ajralib turardi. SHubhasiz u eng kuchli futbolchi. Bunday futbolchi boshqa tug'ilmasa kerak. Na Neymar, na Krishtianu va na Messi u bilan tenglasha olmaydi. Ronaldo-betakror.
O'ylashimcha, bizning davrimizda gol urish qiyinroq edi. Hujum chizig'ida harakat qilayotganlarga himoyachilarga nisbatan ko'proq bosim bo'lardi. Ammo Ronaldo yo'q joydan vaziyat yaratib, maqsadiga erishardi.
U “Real”ga kelishidan oldin ham juda yaxshi o'yin namoyish etar, ammo ko'pchilik unga ishonmasdi. U ko'pchilikni hayratga solgandi. 80 ming tomoshabin uning maydondagi harakatlaridan zavqlanishani hamon yodimda”, dedi Roberto Karlos.
O’xshash yangiliklar
15:16
"Real"dan navbatdagi yurish! Madridliklar "Liverpul"dan Aleksander-Arnoldni olib kelishmoqchi 2
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar