Roberto Di Matteo: "Bir hafta ichida jamoaning o'yinini butunlay o'zgartirib bo'lmaydi"

Aslanov Jasurbek
17 okt 2014, 10:47
"Shalke" bosh murabbiyi Roberto Di Matteo "Gerta"ga qarshi Germaniya chempionatining 8-tur o'yinidan oldin, o'zining jamoadagi ilk uchrashuvini uyda o'tkazayotganligidan xursandligini ta'kidladi.

"Uyda, muxlislarimiz ko'z o'ngida o'ynashimizdan mamnunman. Birinchi haftada barcha futbolchilar bilan yaqindan tanishib chiqdim. Biz yaxshi ishladik, ammo men kiritmoqchi bo'lgan o'zgarishlar sekin-asta o'z kuchiga kiradi, chunki bu ishni bir hafta ichida bajarish qiyin" - deydi murabbiy.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: sport-express.ru